07:50 / 02.05.2023
320

Turkiya prezidenti sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi

Turkiya prezidenti sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi

O‘tgan haftada infeksiya tashxisi qo‘yilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mahalliy telekanallarda o‘zini yaxshi his qilayotganini va saylovoldi dasturi doirasida ish boshlaganini aytdi. Bu haqda Sabah'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Biz mitinglar o‘tkazishda tanaffus qilmadik, butun dasturni tikladik”, — degan u.

25 aprel kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on jonli efirda o‘zini yomon his qildi. Ba’zi ommaviy axborot vositalari uning yurak xurujiga uchraganini da’vo qildi. Keyinroq prezident vakillari buni rad etdi. Erdo‘g‘on sog‘lig‘ining yomonlashishining sababini oshqozon grippi deb atadi. Ertasi kuni shifokorlar maslahati bilan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

69 yoshli Erdo‘g‘on kasallikdan so‘ng onlayn tarzda bir qancha rasmiy tadbirlarda ishtirok etdi. 29 aprel kuni Erdo‘g‘on kasal bo‘lganidan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi. 30 aprel kuni u kasal bo‘lganidan keyin birinchi saylov mitingini o‘tkazdi. Turkiyada prezidentlik saylovlari 14 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Turkiya prezidentligi uchun da’vogarlar ro‘yxatiga to‘rt kishi kiritilgan:

  • mamlakatning amaldagi rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
  • Olti muxolifatchi partiyasi alyansidan (Xalq alyansi) nomzod va Turkiya Xalq partiyasi raisi Kamol Qilichdaro‘g‘li;
  • “Vatan” partiyasi raisi Muharram Inje (114,6 ming imzo to‘plagan);
  • “Otaturkchilar ittifoqi”dan nomzod Sinan Ogan (111,5 ming imzo to‘plagan).

Turkiyada prezidentlik saylovlari

2022 yil avgust oyida Turkiyada prezidentlik saylovlari 2023 yil 18-iyunda bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi, biroq 23 yanvar kuni Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda saylovlar 14 mayga belgilanganini ma’lum qildi.

22 mart kuni Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Bir necha kundan keyin Kamol Qilichdaro‘g‘lining nomzodi rasman ro‘yxatga olindi.

Saylovning birinchi bosqichida g‘alaba qozonish uchun davlat rahbari lavozimiga nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi kerak. Aks holda, ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadi, unda birinchisida eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan ikki nomzod ishtirok etadi.

Avvalgi prezidentlik saylovi 2018 yil 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. Uda Erdo‘g‘on 52,6 foiz ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozongan. Mart oyi boshida Erdo‘g‘on saylovchilarga muxolifat nomzodining g‘alabasi Turkiya uchun falokat bo‘lishini aytgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi