11:07 / 02.05.2023
310

Oq uy: Rossiyaning Baxmutga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Oq uy: Rossiyaning Baxmutga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Foto: Getty Images
Rossiya qo‘shinlarining Donbassda Baxmut hududidagi hujumi “to‘xtab qoldi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi”. Bu haqda Vashingtonda o‘tkazilgan brifingda AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi besh oy ichida Rossiya kuchlarining Baxmutni o‘zidagi yo‘qotishlari 100 ming kishini tashkil etmoqda — 20 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, ularning yarmi “Vagner” jangchilari.
 
Jon Kirbi Ukrainaning yo‘qotishlarini baholamasligini qayd etgan, chunki “ular bu yerda — qurbon, Rossiya — bosqinchi”. Uning aytishicha, Oq uy armiyasi AQSH boshchiligidagi davlatlar koalitsiyasi tomonidan qurollantirilayotgan va tayyorgarlikdan o‘tkazilayotgan yaqin ittifoqdoshining vazifalarini murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaydi.
 
Ukraina rasmiylari Kreml Baxmutni to‘liq bosib olish uchun 9 may sanasini tanlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shundan so‘ng “g‘alaba notasi”ni e’lon qilishi mumkin. 
 
Aprel oxirlarida Ukraina “Ozodlik kuchlari” bataloni qo‘mondoni Mixail Krijanovskiy Rossiya qamoqxonadagi mahbuslarni Ukrainadagi urushga jo‘natayotganini aytgandi. Ular orasida ayollar ham bor. Ma’lum qilinishicha, mahbus ayollarning bari Yevgeniy Prigojin tomonidan boshqariladigan “Vagner” safida jang qilmoqda. Baxmut shahrida Ukraina qurolli kuchlari va rus bosqinchilari o‘rtasida shiddatli janglar kechmoqda. Qarshi tomon shaharni, shuningdek, uning atrofini to‘liq egallashga urinmoqda. Mahkum erkaklardan tashqari jang maydonida sudlangan ayollar ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy: Rossiyaning Baxmutga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi