21:00 / 02.05.2023
393

Erdo‘g‘on Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyotini ko‘rsatdi (foto, video)

Foto: TRT Haber

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyaning beshinchi avlod KAAN qiruvchi samolyotini namoyish qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Erdo‘g‘on Anqaraning Qahramonkanzan tumanidagi TUSAŞ aerokosmik kompaniyasi markazida aviatexnikani namoyish qilish paytida nutq so‘zladi. U mudofaa sohasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli Turkiya barcha sohalarda: dengizda, quruqlikda, havoda va kosmosda o‘zini namoyish qilayotganini aytdi.

Tadbir davomida HÜRJET samolyoti, ATAK-2 vertolyoti, ANKA-3 zarba beruvchi droni va beshinchi avlod mahalliy samolyotlarining so‘nggi ishlanmalari taqdim etildi.

Foto: TRT Haber

KAAN sinovlari kelgusi yillarda yakunlanishi rejalashtirilgan, shundan so‘ng eng ilg‘or xususiyatlarga ega samolyotlar Turkiya harbiy havo kuchlariga topshiriladi.

KAAN harbiy-havo kuchlariga topshirilganidan so‘ng Turkiya dunyoning 5-avlod samolyotlarini ishlab chiqaradigan besh davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya) biriga aylanadi, bu mamlakatimiz faxridir”, — dedi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘on Turkiyada ishlab chiqilgan HÜRJET samolyoti loyihasiga ham e’tibor qaratdi.

HÜRJET yaqinda Turk qurolli kuchlari tomonidan qabul qilinadi. U dengiz flotining flagmani — TCG Anadolu bortida ham joylashtiriladi. HÜRJET mahalliy radarlar va turk qurollari bilan jihozlanadi, ular harbiy-havo kuchlarining F-16 flotining o‘rnini qisman egallaydi”, — dedi prezident.

Foto: TRT Haber

Erdo‘g‘on Turkiya do‘st davlatlar va ittifoqchilar ehtiyojlari uchun yana bir mahalliy samolyot – Hürkuş (Hurkush) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini aytdi.

Bugungi kunda Hurkush ishlab chiqarish maydonchasini xalqaro maydon deb atash mumkin. Birinchi samolyotlar tez orada Niger va Chadga topshiriladi”, — dedi u.

Bundan tashqari, siyosatchi Turkiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi zarba beruvchi ANKA-3 droni parvozi yaqin kunlarda amalga oshishini aytdi. U muhim vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, dedi siyosatchi.

20 yillik sa’y-harakatlar tufayli Turkiyaning mudofaa sektoridagi import o‘rnini bosish darajasi 80 foizga yetdi. Biroq, bunda to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Buning ortidan yangi tashabbuslar bo‘ladi”, — dedi u.
Foto: TRT Haber

Erdo‘g‘on Turkiya mudofaa kompaniyalari ishlanmalari bugungi kunda dunyoning o‘nlab mamlakatlariga eksport qilinayotganini ta’kidladi.

Gap mahsulotlarning keng assortimenti haqida ketmoqda: Bayraktar TB-2 dan tortib ANKAgacha”, — xulosa qildi Turkiya rahbari. 

Foto: TRT Haber

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyotini ko‘rsatdi (foto, video)