06:40 / 03.05.2023
686

Rossiya Eronga hukumatdagi britaniyalik josusni fosh qilishda yordam berdi, u qatl etildi

Rossiya Eronga hukumatdagi britaniyalik josusni fosh qilishda yordam berdi, u qatl etildi
Foto: AP Photo
Rossiya razvedkasi Eronga G‘arbga yadroviy dastur haqida maxfiy ma’lumotlarni uzatayotgan Britaniya agentini topishga yordam bergan. Yanvar oyida u qatl qilindi, deb yozadi The New York Times.
 
2023 yilning yanvar oyida Eron 2000-2008 yillarda Eron mudofaa vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va mamlakatning bir qancha yuqori darajadagi mulozimlarining maslahatchisi bo‘lgan Ali-Rizo Akbariy qatl etilganini e’lon qildi. 2019 yilda u Eron hukumati tomonidan hibsga olingan va josuslikda ayblangan.
 
Eron rasmiylarining da’vo qilishicha, Akbariy Britaniya razvedka xizmati tomonidan yollangan va 2004 yildan beri G‘arbga Eron yadro dasturi haqida muhim ma’lumotlarni uzatgan. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, aynan Akbariy G‘arbga mamlakatning boyitilgan uran ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy markazi bo‘lgan Erondagi Fordo yerosti majmuasining asl maqsadini ochib bergan.
 
2008 yilda Akbariy iste’foga chiqqan va Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tib, 2012 yilda u yerda fuqarolikni qabul qilgan. 2019 yilda Akbariy Eronga taklif qilingan, biroq yetib kelganida hibsga olingan.
 
Eron hukumati Akbariy Fordo haqidagi ma’lumotlar sizdirilishining manbasi ekanini aniqladi. Islom inqilobi gvardiyasi korpusiga aloqador bo‘lgan ikki eronlikning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot Rossiya razvedkasi tomonidan tasdiqlangan. Eronning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Rossiya qanday qilib bu ma’lumotga ega bo‘lgani noma’lum”, — deyiladi xabarda.
 
NYTning qayd etishicha, qatl etilishidan biroz oldin Akbariy G‘arbga audio xabar yuborishga muvaffaq bo‘lgan, unda u hamma narsani tan olishga majbur bo‘lgani, sababi cheksiz qiynoq va so‘roqlarga duch kelganini aytgan. Bu e’tiroflar Eron televideniyesida efirga uzatilgan. Ali-Rizo Akbariy Eronda 1982 yildan beri qatl etilgan eng yuqori martabali sobiq amaldorga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Eronga hukumatdagi britaniyalik josusni fosh qilishda yordam berdi, u qatl etildi