06:00 / 05.05.2023
196

Samolyotdan tushib ketgan smartfon bus-butun holatda topildi

Samolyotdan tushib ketgan smartfon bus-butun holatda topildi
Amerikalik ekstremal sportchi Xatton Smitning iPhone smartfoni samolyotdan parashyutda sakrash vaqtida qulab tushdi, biroq sinmagan. 9To5Mac nashri noodatiy voqeaga e’tibor qaratgan.
 
Qayd etilishicha, Xatton 4,2 km balandlikda uchayotgan samolyotdan sakrab tushganidan so‘ng smartfon darhol shimidan tushib ketgan. Smartfonning cho‘ntakdan tushib ketish lahzasi Tik-tokdagi videoga muhrlangan.
 
Qo‘ngandan so‘ng Xatton va uning do‘stlari qurilmani qidirish uchun yo‘lga chiqishdi.Natijada telefon buzilmagani va ishlayotganini aniqladilar.
 
Ekstremal sportchining so‘zlariga ko‘ra, ikki holat smartfonni halokatdan saqlab qolgan. Birinchidan, iPhone zarbaga chidamli korpusda edi. Ikkinchidan, smartfon qattiq yerga yemas, balki botqog‘ga qulagan.
 
Xattonning videosi foydalanuvchilarning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo