06:40 / 05.05.2023
368

Amerikalik erkak oqqushga yordam bergani uchun qush uni quchoqlab oldi (foto)

Amerikalik erkak oqqushga yordam bergani uchun qush uni quchoqlab oldi (foto)

Amerikalik fuqaro yovvoyi oqqushni qutqardi, qush o‘z qutqaruvchisiga minnatdorlik bildirib, uning bo‘ynidan quchoqlab oldi. Voqea bundan bir necha yil oldin sodir bo‘lgan, biroq yaqinda bu haqdagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: AdMe

Bir necha yil avval amerikalik tadqiqotchi va Born to Explore teleko‘rsatuvi boshlovchisi Richard Vize Buyuk Britaniyadagi Ebbotsberi Suonerri oqqushlar pitomnigiga borgan. Ebbotsberi Suonerri dunyodagi yagona qarov ostidagi soqov oqqushlar koloniyasi hisoblanadi.

Richard Vize va qushlarni himoya qilish tashkilotlari vakillari oqqushlarga reabilitatsiya davrida yordam berishga borgan. Tashrif chog‘ida boshlovchi panjara bilan to‘qnashuv natijasida yaralangan o‘zgacha oqqushga duch kelgan. Richard uni boshqa joyga olib borish uchun ehtiyotkorlik bilan ushlagan.

Foto: AdMe

Keyinroq sodir bo‘lgan voqea atrofdagi barchada unutilmas taassurot qoldirdi. “Oqqushni qo‘limga olganimda, uning yuragi qanday urayotganini his qildim. Biroq u darrov bo‘shashib, bo‘yni bilan bo‘ynimni o‘rab oldi. Jonzot sizga to‘liq ishonganini sezish juda ajoyib hodisa. Men ko‘zlarimni yumib, hamma narsadan bir lahzaga yo‘qolib qolishni istardim”, — deydi ko‘rsatuv boshlovchisi.

Foto: AdMe

Ushbu ta’sirli lahza inson va hayvonlar munosabatining eng yorqin misollaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, oqqushlarning g‘amxo‘r, shu bilan birga, tajovuzkor qushlar deb hisoblanishi ham hayratlanarli. Biroq bu oqqush hech qanday tajovuzkor harakat ko‘rsatmadi.

O‘z navbatida, insonning g‘amxo‘rligi, mehr-oqibati hayvonlarni qutqarishi va himoya qilishi mumkin.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo