date
views 290

AQSH razvedkasi rahbari: Xitoy Tayvan bilan birlashish uchun harbiy ssenariy tayyorlamoqda

AQSH razvedkasi rahbari: Xitoy Tayvan bilan birlashish uchun harbiy ssenariy tayyorlamoqda
Xitoy Tayvan bilan tinch yo‘l orqali birlashishni ma’qul ko‘rgandi, biroq u harbiy ssenariy ham tayyorlamoqda, deydi AQSH razvedka boshqarmasi direktori Evril Xeyns.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning rejalari keyingi qadamlar rivojiga ta’sir qiladi. U bu mavzuni Senat Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi tinglovda ko‘tardi.
 
Haqiqat shundaki, Xitoy o‘z qurolli kuchlariga bizning aralashuvimizdan xavotirlanmasdan, Tayvanni egallashi uchun harbiy variant taqdim etishni buyurgan”, — dedi Evril Xeyns.
 
Uchrashuvda ishtirok etgan Pentagon razvedka boshqarmasi direktori, armiya general-leytenanti Skott Berriyer ham xuddi shunday fikrda.
 
Xulosa qilib aytganda, Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘z harbiylariga tayyor bo‘lishni aytdi. Nima uchun va qachon — biz aniq bilmaymiz”, — dedi u.
 
Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydi va so‘nggi oylarda orol yaqinida muntazam ravishda yirik mashqlar o‘tkazib keladi. Shu fonda Tayvan aprel oyida Xitoyning ehtimoliy hujumini qaytarish uchun Amerikaning Boeing kompaniyasidan 400 ta Harpoon kemaga qarshi raketalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH razvedkasi rahbari: Xitoy Tayvan bilan birlashish uchun harbiy ssenariy tayyorlamoqda