606
Rossiyada politsiyachilarga hujjatida kamchilik bo‘lgan o‘zbekistonliklarni qo‘lga olish vaqtincha taqiqlandi
![Rossiyada politsiyachilarga hujjatida kamchilik bo‘lgan o‘zbekistonliklarni qo‘lga olish vaqtincha taqiqlandi](/uploads/posts/2023-05/b__rql48quqnqw0ahohdcvq84gpyizx8.jpg)
Foto: migrantnews.info
Rossiyada politsiyaga O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tish muddati o‘tgani uchun qo‘lga olish va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish vaqtincha taqiqlandi. Politsiya xodimlariga bunday ko‘rsatmani Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general Aleksandr Gorovoy bergan.
Baza nashriga ko‘ra, 15 iyungacha Rossiya politsiyachilariga O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tish muddatini o‘tkazib yuborgani uchun ushlab turish va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish taqiqlangan.
O‘zbekistonliklarning barmoq izlari, fotosuratlari olinmagan va ular tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsa, deportatsiya qilinmaydi, Rossiyaga kirishiga taqiq qo‘yilmaydi va Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddati qisqartirilmaydi.
15 iyunga qadar O‘zbekistonning barcha fuqarolari, hatto ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa ham, Rossiya hududida qoladi.
Hujjatga ko‘ra, bunday imtiyozlar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi doirasida beriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar