08:30 / 06.05.2023
587

“Vagner” asoschisi qanday sharoitda Rossiya prezidentining muxolifatchisiga aylanadi?

“Vagner” asoschisi qanday sharoitda Rossiya prezidentining muxolifatchisiga aylanadi?
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin snaryadlar yo‘qligi sabab jangchilarini Baxmutdan olib chiqishini aytdi. U tegishli murojaatida Rossiya mudofaa vaziri Shergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga tahdid qilib, o‘n minglab halok bo‘lganlar uchun ular javobgarlikka tortilishini aytdi.
 
Prigojin shu yo‘sinda prezidentlik kampaniyasini boshlab yubordimi? Ukrainalik deputat, jurnalist Vadim Denisenko tegishli masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
Foto: RFЕ
Denisenkoning so‘zlariga ko‘ra, Prigojin prezidentlik kampaniyasini boshladi. Ammo bitta kichik “lekin”i bor: uning o‘zi mazkur kampaniyani boshlaganini bilmaydi. Hozircha bularning barchasi raqiblarining “tasavvurida” gavdalanmoqda.
 
Hozircha Prigojin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muxolifatchi emas. U hokimiyat taqiqlamagan hamma narsani qildi va qilmoqda. Ammo boshqa siyosiy o‘yinchilardan farqli o‘laroq, u ikkita afzallikka ega: u haqiqatni aytadi va haqiqatan ham qandaydir missiyani amalga oshiradi. Lekin takror aytaman: u muxolifatchi emas”, — deydi Denisenko.
 
So‘nggi haftalarda Prigojin va Rossiya mudofaa rahbariyati o‘rtasida ma’lum bir sulhga ishora bo‘ldi. Ushbu sulhning hozirda darz ketgani ikki narsa bilan bog‘liq: “Vagner” safidagi yollanma askarlar kamaymoqda va Prigojin asta-sekin Donbassdagi harakatlarni qisqartirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. G‘alabasiz ketish mumkin emas, shuning uchun aybdorlarni izlash kerak.
 
Ikkinchi sabab: unga Sudandagi harbiy mojaroga aralashish imkoniyati berilmayapti, degan shubhalar bor (u yerda uni maxsus kuchlar boshlig‘i, Kremlda esa amaldagi hukumat qo‘llab-quvvatlaydi).
 
Sudan mojaroning qo‘shni hududlarga tarqalib ketish xavfi bilan Afrikadagi yangi qaynoq nuqtaga aylanishi mumkinligi hisobga olinsa, bu masala chuqurroq o‘rganishni talab qiladi.
Foto: “RIA Novosti”
Xo‘sh, hozirgi bosqichda Prigojinning maqsadi nima?
 
U Donbassdagi urushdan chiroyli va siyosiy yo‘qotishlarsiz chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritmoqchi. Jasadlar tasvirlangan videolar bu odamlar haqida emas (u har kuni yuzlab shunday erkaklarni shafqatsizlarcha o‘limga yuboradi).
 
Bu uning siyosiy kelajagi haqida ketmoqda. Ikkinchi variant esa Donbassda qolish, biroq qamoqxonalarning inson resurslariga kirish”, — deydi ukrainalik jurnalist.
 
Biz qanchalik xohlamaylik, hozircha u Rossiyadagi prezidentlik saylovlari haqida umuman o‘ylamaydi. Endilikda uning uchun eng muhim narsa rus jamiyatiga yuqori darajadagi ishonchni va Afrikadagi ta’sirini saqlab qolish. 
 
Uning atrofida Afrika quyoshi ostida 'Vagner' o‘rnini egallashni xohlaydigan yangi va dushman xususiy harbiy kompaniyalar saf tortmoqda”, — deya xulosa qilgan Denisenko.
 
Bugungi kun tartibini aynan shu ikki narsa tashkil qiladi. Keyinchalik nima bo‘lishini, Yevgeniy Prigojin haqiqatan ham yuqori darajadagi siyosiy ambitsiyalarga ega bo‘ladimi yoki yo‘qligini aytish juda qiyin.
 
Garchi bu mavzu bo‘yicha quruq muhokama bugungi kunda Prigojin bilan urishayotgan har bir kishi uchun foydali. U haqiqatan ham hisoblashishga arziydigan darajada katta, lekin mustaqil o‘yinchi sifatida kichiklik qiladi. Shu bois u hali ham Putinga qarshi muxolifatchi bo‘lishdan qo‘rqadi. Jismoniy yo‘q qilish tahdidigina Prigojinni bunga qarshilik qilishga chorlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo