2022 yilning 27 fefralida Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiyasi bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, hozirgacha mazkur konflikt bo‘yicha yana 4 ta rezolyutsiya qabul qilindi.
BMT ning Rossiya agressiyasini qoralovchi rezolyutsiyalari agressorning keyingi hatti - harakatlariga hech bir sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmadi. 2-Jaxon urushi sababli tamal toshi qo‘yilgan BMT Ukraina urushi fonida to‘liq falajlanganligini ko‘rsatmoqda.
Yangi jahon tartiboti shamoli esmoqda
Birinchi jaxon urushidan keyin dunyo kollektiv xavfsizligini ta’minlash uchun Millatlar Ligasi tashkil qilingan edi, mazkur tashkilot 2 – Jaxon urushi fonida inqirozga uchradi va BMT tashkil qilindi. Ukraina urushini uchinchi jaxon urushi deya olmasakda yaqin, yarim asrda bunday katta urush bo‘lmagan edi. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, mazkur Kenashga o‘zi raislik qilib turgan vaqtda xalqaro qonunchilikni mensimasdan, qo‘shnisiga nisbatan adolatsiz urushni boshlashi BMTni to‘liq falajladi. Urush bilan dunyo yuzini ko‘rgan BMT, urush bilan o‘z faoliyatini tugatishi mumkin.
Qozog‘iston jur’at topa oldi
2023 yilning 26 aprel kuni BMTning BMT va Yevropa Kengashi hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjatda Rossiyaning agressor ekanligi tilga olinadi. Rezolyutsiyani BMTga a’zo davlatlarning 122 tasi ma’qulladi, 18 tasi (O‘zbekiston ham) betaraf, 5 tasi qarshi ovoz berdi. Rezolyutsiyani ma’qullagan Xitoy, Qozog‘iston, Armaniston davlatlarning tutgan tarafi ahamiyatlidir.
Shuni tahmin qilish mumkinki Putin va Si o‘rtasidagi Moskvada kechgan suhbatdan ko‘ra, Zelenskiy va Si o‘rtasidagi telefon suhbati samarali kechgan.
Qozog‘iston esa o‘zining shimoliy hududlariga nisbatan qilinayotgan propagandistik hujumlarga jim qarab turmasligini ko‘rsatib qo‘ydi. 44 kunlik Qorabog‘ urushida mag‘lubiyatga uchragan Armaniston esa Rossiyadan uzoqlashish tendensiyasini allaqachon ko‘rsatib bo‘lgan edi, u mazkur jarayonni yana bir marta tasdiqladi, xolos.
Hamid Sodiq,
Azon.uz siyosiy eksperti
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar