17:43 / 06.05.2023
649

Prigojin: «Vagner» Baxmutdagi pozitsiyalarini «Axmat»ga topshiradi

Prigojin: «Vagner» Baxmutdagi pozitsiyalarini «Axmat»ga topshiradi
Foto: AP
«Vagner guruhi» asoschisi Yevgeniy Prigojin 10 may kuni ushbu xususiy harbiy kompaniya yollanma askarlari Baxmutdagi o‘z pozitsiyalarini chechenlarning «Axmat» maxsus topshiriqli kuchlariga topshirishlarini tasdiqladi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, u 10 may kuni soat 00:00 da pozitsiyalarni topshirish uchun «Axmat» vakillari bilan bog‘lanadi. «Aynan o‘sha paytda, bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, jangovar salohiyatimizni to‘liq tugatamiz», dedi u.
 
Bir kun avval Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Axmat» Baxmutdagi «vagnerchilar» o‘rnini bosishi mumkinligini aytgandi.
 
Avvalroq Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining kutilayotgan qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Baxmutga hujumdan voz kechgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yozgandi.
 
Navbatdagi tahliliy sharhda aytilishicha, shu tarzda «Vagner» XHK va uning asoschisi Yevgeniy Prigojin potensial qiyin vaziyatga tushib qolgan.
 
Prigojin bir qator videolarni e’lon qildi, unda u hissiyotli tarzda Mudofaa vazirligidan XHKni snaryadlar bilan ta’minlashni talab qilib, aks holda 10 maydan boshlab guruh jangchilarini Baxmutdan olib chiqib ketish bilan tahdid qilgan.
 
ISW tahlilchilariga ko‘ra, Prigojinning g‘azabi Mudofaa vazirligi o‘z e’tiborini Baxmutdan boshqa jangovar hududlarga ko‘chirganini ko‘rsatadi, bu esa «vagnerchilarning» samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
 
Biroq, ta’kidlanganidek, XHK o‘q-dorilar yo‘qligiga qaramay, Baxmutni to‘liq qo‘lga olishga harakat qilishni to‘xtatmayapti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo