22:39 / 09.05.2023
214

Rossiya tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldi olinishi mexanizmi tasvirlandi

Rossiya tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldi olinishi mexanizmi tasvirlandi
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 9 may kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari 11-paketi mohiyati haqida gapirdi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap uchta element haqida ketyapti. Bu, birinchi navbatda, uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga jo‘natilayotgan sanksiya ostidagi tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, so‘ngra uchinchi davlatlar tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tish imkoniyatini oldini oladigan yangi mexanizmlarni yaratish, shuningdek, Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan xufyona tizimlarga barham berish.
 
Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, agar Yevropa Komissiyasi «Yevropa tovarlari uchinchi mamlakatlarga eksport qilinganidan keyin Rossiyaga yetkazilayotganini ko‘rsa, a’zo mamlakatlarga ushbu tovarlar eksportiga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qilishi mumkin». U, shuningdek, «juda g‘ayrioddiy savdo oqimlari» ko‘payganini ham qayd qildi.
 
Yevrokomissiya rahbari yangi cheklov choralari hali ko‘rib chiqilayotganini va ularni joriy etish xavf tahlilini hisobga olgan holda o‘ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishini aytdi. Buning uchun ular Yevropa Ittifoqining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
 
Yevropa Ittifoqi 25 fevral kuni Rossiyaga qarshi 10-sanksiya paketini qabul qildi. Unga 120 dan ortiq jismoniy shaxs va tashkilot qo‘shilgan, eksport va importga yangi cheklovlar joriy etilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo