NATO Osiyo davlatlarini o‘z saflariga qabul qilishdan bosh tortgan holda Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarining birlashmasi bo‘lib qolishini ma’lum qildi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«NATO Shimoliy Amerika va Yevropaning ittifoqi bo‘lib qoladi, u Osiyo a’zolari bilan global ittifog‘ga aylanmaydi. Bizning jamoaviy xavfsizlik kafolatimiz NATO hududiga taalluqlidir», – degan Stoltenberg.
Ma’lumot uchun, hozirda 31 davlat NATOga a’zo. Finlyandiya 2023 yil 4 aprelda NATOga a’zo bo‘lgan oxirgi davlat hisoblanadi. NATO hozirda 2018-yil dekabr oyida NATOga a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini qabul qilgan Bosniya va Gersegovinani, Gruziya, Ukraina va Shvetsiyani alyans a’zoligiga nomzod sifatida tan oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar