date
views 365

O‘zbekiston fuqarolarining Moskvadagi kafega hujum qilgani rad etildi

O‘zbekiston fuqarolarining Moskvadagi kafega hujum qilgani rad etildi
O‘zbekistonlik 30 nafar migrant Moskvadagi kafelardan biriga hujum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holatga munosabat bildirib, hujum qilganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qildi.
 
Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, 11 may kuniga o‘tar kechasi tibbiy niqobdagi 25 nafarga yaqin fuqaro Veshnyakovskaya ko‘chasida joylashgan “Monro” kafesiga kirib, uning mulkiga zarar yetkaza boshlagan. Shundan so‘ng, kafe xodimlariga ham hujum qilgan.
 
Voqeadan bir necha soat o‘tgach, gumonlanuvchilarning bir guruhi Podolsk va Kommunark hududlarida hibsga olingan.
 
Shuningdek, mazkur voqeadan bir necha kun oldin ushbu kafe xodimlari va mijozlar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat oqibatida kafe mulkiga yetkazilgan zarar uchun 30 ming rubl tovon puli undirilgan.
 
“Veshnyaki tumani huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur voqea gumonlanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston fuqarolarining Moskvadagi kafega hujum qilgani rad etildi