00:22 / 13.05.2023
422

Putin rossiyaliklarning chet elga chiqib ketishi oldini olishga qaratilgan farmonni imzoladi

Putin rossiyaliklarning chet elga chiqib ketishi oldini olishga qaratilgan farmonni imzoladi
Foto: Dmitriy Feoktistov/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat (.pdf) huquqiy aktlar portaliga joylashtirildi.
 
Unda, boshqa narsalar qatori, 2022 yilda «o‘zgargan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sirida Rossiya aholisining chet elga migratsiya oqimi kuchaygani» ta’kidlangan.
 
Farmonda yozilishicha, buning oldini olish uchun «inson kapitalini saqlash» bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar talab etiladi. Ular orasida «jozibador moliyaviy, ijtimoiy va boshqa mexanizmlar»ni yaratish ham bor. Hujjatda aholining mamlakatdan chiqib ketishiga qarshi qanday «boshqa» mexanizmlar bo‘lishi mumkinligi aytilmagan.
 
Shuningdek, farmonga ko‘ra, Konsepsiya Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridan «favqulodda ommaviy ravishda» ko‘chirilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi band bilan to‘ldirildi. Buning sababi «Ukraina qurolli kuchlaridan bu odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bo‘layotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid» deb ataladi.
 
Ukraina bosqini boshlanganidan keyin Rossiya katta emigratsiya to‘lqiniga duch keldi. Mamlakatni tark etgan va qaytib kelmaganlarning aniq soni rasmiylar tomonidan oshkor etilmagan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning soni kamida 400-800 mingni tashkil etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo