Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi.
Ayni damda ovozlarni sanash boshlandi. Turkiya va xorijda 64,1 milliondan ortiq saylovchi ovoz berdi.
Taxminan 4,9 million kishi birinchi marta ovoz berdi. Bu raqamlar barcha davrlardagi saylovlar uchun rekord sanaladi.
Asosiy kurash amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li o‘rtasida kechmoqda.
Dastlabki 15 foiz ovozlarni sanash jarayonidan so‘ng Erdo‘g‘on 56.6 foiz, Qilichdoro‘g‘li 37.4 foiz ovoz olmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar