date

Floridada timsoh hujumiga uchragan ikki yoshli bolaning jasadi topildi

Floridada timsoh hujumiga uchragan ikki yoshli bolaning jasadi topildi

AQShning Florida shtati Orlando shahridagi Walt Disney World istirohat bog‘ida avvalroq timsoh suvga tortib ketgan ikki yoshli bolaning jasadi topildi, deb yozadi «Daryo».

Jasad timsoh bolaga hujum qilgan joy yaqinida, taxminan ikki metr chuqurlikdan topilgan. Bola cho‘kishdan o‘lgani taxmin qilinmoqda. Jasadni yorish uchun topshirishdi.

Qidiruv operasiyasida vertolyot, qayiq va g‘avvoslar, shuningdek, huquq-tartibot organlarining 50 nafar xodimi va dengiz piyodalarining ikkita bo‘linmasi qatnashdi. Operasiya chog‘ida beshta timsoh o‘ldirildi.

Timsoh 14 iyun, seshanba kuni oila sohilda dam olayotganida ikki yoshli bolaga hujum qildi. Otasi bolaning boshini alligatorning tishlaridan tortib olish uchun suvga tushdi, ammo buni uddalay olmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Floridada timsoh hujumiga uchragan ikki yoshli bolaning jasadi topildi