09:22 / 16.05.2023
548

Ukrainada Oliy sud rahbari qo‘lga olindi

Ukrainada Oliy sud rahbari qo‘lga olindi
Vsevolod Knyazev
15 may, dushanba kuni Ukraina Oliy sudi rahbari Vsevolod Knyazev pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosidagi manbalarga tayanib, bir vaqtning o‘zida bir nechta Ukraina OAV xabar bermoqda. Nashrlarning yozishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari 3 million dollarga yaqin pora olinganini hujjatlashtirgan.
 
ZN.ua xabariga ko‘ra, Knyazev oligarx Konstantin Jevago foydasiga sud qarori chiqarilishini xohlagan odamlardan pul olgan. Nashr qayd etishicha, Oliy sud rahbarining hibsga olinishi fonida yana 18 nafar sudyada tintuvlar o‘tkazilmoqda. Oliy sud “Vsevolod Knyazev atrofida sodir bo‘layotgan voqealar” munosabati bilan 16 may kuni plenumning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
 
O‘z navbatida, Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi hisobotida aytilishicha, Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura bilan birgalikda “Oliy suddagi yirik korrupsiya” fosh etilgan, hozircha tafsilotlar keltirilmagan.
 
Knyazevning hibsga olingani haqidagi ma’lumotni Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ham tasdiqladi. Uning eslatishicha, 19 aprel kuni Oliy sud Shimoliy iqtisodiy apellyatsiya sudi qarorini bekor qilgan, u Poltavaning Ferrexpo kon-qayta ishlash kombinatining 40,19 foiz aksiyalarini to‘rtta kompaniyaga – sobiq aksiyadorlarga sotish bo‘yicha 2002 yilgi kelishuvni haqiqiy emas deb topgan.
 
Gerashchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Konstantin Jevago bilan aloqador kompaniyalar bu aksiyalarni to‘rtta ofshor kompaniyadan sotib olgan. Keyinchalik, bir nechta qo‘shimcha emissiyalardan so‘ng, shuningdek, minoritar aksiyadorlardan aksiyalarni majburiy sotib olishdan so‘ng, Ferrexpo kon kompaniyasi YUGOKning yagona aksiyadoriga aylandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo