Pyotr Karimov
Sobiq prezident Islom Karimov o‘g‘lining hibsga olinishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning REN TV telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Pyotr Karimov xotinini pul uchun kaltaklagan. Kechasi ular janjallashib qolishgan, chunki er turmush o‘rtog‘idan Toshkentga yo‘lovchi chiptasi va mehmonxona to‘lovini amalga oshirishni so‘ragan. Biroq, ayolda yetarli miqdorda pul bo‘lmagan. Shundan keyin er unga tashlanib qolgan.
Avvalroq, Pyotr Karimov Krasnogorskda o‘z xotinini qattiq kaltaklagani, bu hodisa Podmoskovniy bulvaridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘zaro janjal davomida er xotinini bir necha marta urgan. Ayol turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Karimov militsiya bo‘limida so‘roq qilingan va qo‘yib yuborilgan. Shundan so‘ng, bedarak yo‘qolgan.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Pyotr Karimov hozirda gumonlanuvchi maqomida.
Shifokorlar uning rafiqasiga qorin jarohati, miya chayqalishi va qon ketishi tashxisini qo‘yishgan.
Pyotr Karimov – O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning birinchi turmushidan tug‘ilgan o‘g‘li.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar