
Ukraina 2023 yilda emas, 2024 yilda Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATOga taklifnoma olishi mumkin.
Bunday fikrni mamlakat Oliy Radasining NATO Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi rahbari Yegor Chernev bildirgan.
«Aniq sanalar ko‘rsatilgan taklif, menimcha, 2023 yilda bo‘lmaydi. Ammo umid qilamanki, Vashingtonda bu birinchi raqamli savol bo‘ladi», degan u.
Shu bilan birga, Chernev Kiyev Vilnyusda «xavfsizlik kafolatlari» olishiga umid qilmoqda.
«Xavfsizlik NATOga to‘laqonli a’zo bo‘lgunimizcha kafolatlanadi. Bu, menimcha, biz bugun Vilnyusdagi sammitda erisha oladigan maksimal ko‘rsatkichdir», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina G‘arb davlatlaridan qurolli mojaro tugaganidan keyin NATOga qo‘shilish haqida kafolat olmoqchi.
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar