23:13 / 18.05.2023
194

Ilon Mask kuniga 6 soat uxlashi va haftasiga yetti kun ishlashi haqida so‘zlab berdi

Ilon Mask kuniga 6 soat uxlashi va haftasiga yetti kun ishlashi haqida so‘zlab berdi
Foto: “Yandeks.ru”
Amerikalik milliarder Ilon Mask CNBC telekanaliga bergan intervyusida kechasi olti soat uxlashi va haftasiga yetti kun ishlashi haqida gapirib berdi.
 
Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, u kamroq uxlashga harakat qilgan, biroq bu milliarderning o‘zini yaxshi his qilishiga salbiy ta’sir qilgan. Shuningdek, Mask yiliga atigi ikki yoki uch kun dam olishini ma’lum qildi.
 
Vaqt yagona haqiqiy valyuta”, — deydi Mask.
 
Amerikalik tadbirkor masofadan turib ishlayotgan xodimlarni ham tanqid qilib, ularning La-La-Lendda yashashini aytdi. Mask buni adolatsizlik deb bilishini, chunki hamma kasb egalari ham, masalan, kurerlar va muhandislar uydan turib ishlay olmasligini aytdi.
 
Bu shunchaki ishlash masalasi emas. Menimcha, bu axloqiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri”, — deydi tadbirkor.
 
Yaqinda Ilon Mask Twitter rahbari lavozimini tark etib, Linda Yakkarinoni ijtimoiy tarmoq bosh direktori etib tayinladi. U 2021 yildan buyon NBC Universal kompaniyasining reklama sotuvi bo‘yicha mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask kuniga 6 soat uxlashi va haftasiga yetti kun ishlashi haqida so‘zlab berdi