
Bishkekning Pervomay tuman sudi Ukrainada jang qilgan qirg‘izistonlikni yollanma askarlik - boshqa davlatlarning qurolli mojarolarida qatnashgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Oliy sud ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan sud hukmida ma’lum qilingan.
Hujjatda qayd etilishicha, 2022 yil iyun oyida 30 yoshli sudlanuvchi Rossiya fuqaroligini olish uchun o‘zini o‘zi e’lon qilgan Lugansk Xalq Respublikasining qurolli guruhlariga qo‘shilgan. O‘tgan yilning iyul oyida Qirg‘iziston fuqarosi Bryanka shahriga kelgan va 180 ming rubl maosh bilan jangovar mashina komandiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Hujjatga ko‘ra, qirg‘izistonlik Soledar shahridagi front chizig‘iga minomyot va o‘q-dorilarni yetkazib turgan. Biroq, sentyabr oyida u Popasnaya shahriga ko‘chirilgan, u yerda minomyotlardan tashqari, “LXR” harbiy guruhlarini moddiy ta’minlash, shu jumladan oziq-ovqat va kiyim-kechak yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Qirg‘izistonlik harbiy xizmatdan 2022 yil noyabridagi hisobotga ko‘ra bo‘shatilgan. Shundan so‘ng u Moskvaga borib, u yerdan vataniga qaytib kelgan.
Sudlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmagan. Uning aytishicha, u «faqat LXR hududida» bo‘lgan va u hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan, butun xizmat muddatini harbiy ro‘yxatga olish idorasida o‘tkazgan.
Ayblanuvchi sudda kasal otasiga qarash uchun vataniga qaytganini va shu sababli o‘zi iste’foga chiqish arizasini yozganini aytgan.
12 yanvar kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari mazkur shaxsni Ukraina hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnashganlikda gumon qilib qo‘lga olgani xabar qilingan edi. Biroq o‘shanda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qirg‘izistonlik qaysi davlat uchun jang qilganiga aniqlik kiritmagan.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, qirg‘izistonliklarga boshqa davlatlarning harbiy mojarolarida qatnashishi taqiqlangan. Qonunni buzish 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar