
Foto: Reuters
«Katta yettilik» davlatlari yetakchilari Ukrainani Rossiya agressiyasini qaytarishda «qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt» qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. Bu haqda 29 may, shanba kuni e’lon qilingan «Katta yettilik» sammitining Xiroshimadagi kommyunikesida aytiladi.
«Biz yana bir bor Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushini keskin qoralaymiz. Ukrainani keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt uni sobit qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, «Katta yettilik» Ukrainaga diplomatik, moliyaviy, humanitar va harbiy yordamni kuchaytirish, shuningdek, Rossiyaga yordam berganlar uchun «narxlar»ni oshirish tarafdori ekanliklarini bildirdi. Shu bilan birga, «Katta yettilik» davlatlari yetakchilari Rossiya urushni to‘xtatib, Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi uchun Xitoyni Moskvaga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
«Biz Xitoyni hududiy yaxlitlikka, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlariga, jumladan, Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga asoslangan keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz», — deyiladi hujjatda.
Xiroshimadagi G7 yetakchilari sammitining yakuniy kuni arafasida prezident Zelenskiy Yaponiyaga uchib bordi. 21 may, yakshanba kuni u amaliy uchrashuvlarda ishtirok etadi, deb yozadi Reuters.
Ukraina rahbari G7 yetakchilari bilan hafta boshida e’lon qilingan «qiruvchi samolyotlar koalitsiyasi»ni tuzish masalasini ham muhokama qilishi kutilmoqda. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun AQSHda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olishga va uchuvchilarni o‘qitishga kelishib olganliklarini bildirdi. OAV xabarlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar Yevropada bo‘lib o‘tadi, yaqin haftalarda boshlanadi va bir necha oy davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar