00:50 / 23.05.2023
612

Prigojin “Vagner”chilarning Baxmutdan to‘liq chiqishi vaqtini aytdi

Prigojin “Vagner”chilarning Baxmutdan to‘liq chiqishi vaqtini aytdi
Foto: “Kommersant”
“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin 1 iyundan boshlab “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqishi yakunlanishini aytdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
 
Kecha aytganimdek, biz o‘z pozitsiyalarimizni Mudofaa vazirligiga topshirmoqdamiz va 25 maydan jangovar hududni tark etamiz. 1 iyundan boshlab birorta ham 'Vagner' jangchisi qayta jihozlanmaguncha va malaka oshirmaguncha oldingi safda bo‘lmaydi”, — dedi Prigojin.
 
Shu nuqtai nazardan, u “Vagner” yaqin ikki oy ichida, shu jumladan, Baxmut yaqinidagi Xromovo va Ivanovskoyeda hujumkor operatsiyalarni o‘tkazmasligini aytdi.
 
Bu Mudofaa vazirligining vazifasi”, — ta’kidladi “Vagner” asoschisi.
 
Prigojinning aytishicha, keyingi barcha vazifalar Rossiya Mudofaa vazirligi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi esa dala lagerlariga chiqadi.
 
20 may kuni Prigojin Baxmutning qo‘lga olinganini e’lon qildi. 21 mayga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligi shaharni “ozod qilish” yakunlanganini aytdi. Ukraina prezidenti va qurolli kuchlari bosh shtabi Baxmut qo‘ldan boy berilgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojin “Vagner”chilarning Baxmutdan to‘liq chiqishi vaqtini aytdi
ePN