11:14 / 23.05.2023
157

Turkiyadagi saylovlar: birinchi turdagi uchinchi nomzod Erdo‘g‘anni qo‘llashini ma’lum qildi

Turkiyadagi saylovlar: birinchi turdagi uchinchi nomzod Erdo‘g‘anni qo‘llashini ma’lum qildi
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Turkiya prezidentligi uchun «OTA ittifoqi» partiyalar blokidan nomzod bo‘lgan Sinan O‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ovoz berishga chaqirgan. Bu haqda Hurriyet xabar bermoqda.
 
Sinan O‘g‘an bundan oldinroq kurdlardan voz kechishi evaziga muxolifatchilarga qo‘shilishi mumkinligini aytgandi.
 
Erdo‘g‘anning ikkinchi turdagi raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa tvitterdagi sahifasida bu yangilikka shunday munosabat bildirgan: «Kim bu go‘zal vatanimizga xiyonat qilish tarafdori ekani ayon bo‘ldi. Biz bu mamlakatni terrorizm va qochqinlardan qutqaramiz. Bu referendum. Endi hech kim hech kimni alday olmaydi. Men ovoz berishga kelmagan 8 million fuqarolarimiz va barcha yoshlarimizni [unga kelishga] chaqiraman!».
 
Turkiyadagi saylovlarning birinchi turi 14 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Amaldagi prezident birinchi turda 49,51 foiz ovoz olib, davlat rahbarligida qola olmagandi. Uning asosiy raqibi, muxolifatchilarning yagona nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz ovoz olgan. Sinan O‘g‘anga saylovchilarning 5,17 foizi – ya’ni 2,8 mln kishi ovoz bergan.
 
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi 28 may kuni bo‘lib o‘tadi. Turkiya  Oliy saylov kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda davomat 88,92 foizni tashkil qilgan.
 
Rajab Erdo‘g‘an 2014 yildan buyon Turkiya prezidenti hisoblanadi, undan avvalroq 2003 yildan mamlakatni bosh vazir sifatida boshqargan.
 
Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi arafasida o‘tkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rovlar natijalari:
 
Areda Survey
Rajab Erdo‘g‘an – 52,4 foiz
Kamol Qilichdoro‘g‘li – 47,6 foiz
 
Özdemir
Rajab Erdo‘g‘an – 54,12 foiz
Kamol Qilichdoro‘g‘li – 45,88 foiz.
 
Endi birinchi turda O‘g‘anga ovoz berganlarning barchasi ikkinchi turda Erdo‘g‘anni qo‘llaydimi?
 
Yaqin Sharq mavzusida ekspert Ruslan Sulaymonov birinchi turda uchinchi nomzodga ovoz berganlar Erdo‘g‘anga qarshi qatlam ekaniga e’tibor qaratdi.
 
«O‘g‘an juda beqaror protestchi elektoratga egaligini inobatga olish kerak. Bular Erdo‘g‘anning Adolat va taraqqiyot partiyasi gegemonligidan charchagan va birlashgan muxolifatning so‘nggi saylovlardagi muvaffaqiyatsizliklaridan hafsalasi pir bo‘lgan odamlardir.
 
Shuning uchun, 2,8 mln kishi o‘z-o‘zidan saylovga kelishi va Erdo‘g‘anga ovoz berishini kutish soddalik bo‘lgan bo‘lardi (Qilichdoro‘g‘li bilan ham shunday vaziyat).
 
Katta ehtimol bilan, ularning aksariyati 28 may kuni shunchaki saylovda ishtirok etmay qo‘ya qoladi», deydi mutaxassis.
 
Shu bilan birga, «OTA ittifoqi» blokidagi asosiy figura – Zafer Partisi yetakchisi Umit O‘zdag‘ hali o‘z so‘zini aytgani yo‘q. Ushbu blok tarafdorlari bo‘lgan millatchilar Erdo‘g‘an va uning partiyasiga qarshi qatlam hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadagi saylovlar: birinchi turdagi uchinchi nomzod Erdo‘g‘anni qo‘llashini ma’lum qildi
ePN