Volodimir Zelenskiy frontga bordi

Volodimir Zelenskiy frontga bordi
Volodimir Zelenskiy frontga bordi
Foto: Telegram / Volodimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy frontga yetib bordi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Bizning himoyachilarimiz. Front chizig‘i. Bugun men harbiylarimizni Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz floti dengiz piyoda askarlari kuni bilan tabriklash uchun keldim. Ukrainani himoya qilayotgan har bir kishiga shon-sharaflar bo‘lsin», deb yozdi u Telegram’da.

Zelenskiy frontning qaysi sektoriga tashrif buyurgani haqida ma’lumot berilmagan.

Volodimir Zelenskiy frontga bordi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining biroz avvalroq e’lon qilingan kundalik xulosasida aytilishicha, Ukraina hududiga bostirib kirish boshlanganidan beri Ukrainadagi Rossiya armiyasining soni deyarli o‘zgarmadi, biroq uning sifati sezilarli darajada pasaydi.

Xabarda aytilishicha, Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari guruhi hozirda 200 mingdan ortiq harbiy xizmatchiga ega. Ular beshta qo‘shin guruhi tarkibida 70 ga yaqin polk va brigadalarga birlashtirilgan. Ammo o‘tgan yilning fevral oyida Rossiya armiyasi professional askarlardan iborat bo‘lib, asosan zamonaviy texnika bilan jihozlangan va murakkab qo‘shma operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun muntazam ravishda mashg‘ulotlardan o‘tgandi.

Volodimir Zelenskiy frontga bordi

Shu tariqa, Britaniya harbiylarining fikriga ko‘ra, Rossiya 1200 kilometrlik front chizig‘i bo‘ylab paydo bo‘ladigan operativ muammolarga javob berish uchun katta, qobiliyatli, mobil zaxirani yaratishi dargumon.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar