date
views 334

Rossiyada migrantlar va mahalliy ishchilarning maoshini tenglashtirish taklif etildi

Rossiyada migrantlar va mahalliy ishchilarning maoshini tenglashtirish taklif etildi
Foto: AFP
«Spravedlivaya Rossiya» partiyasi yetakchisi Sergey Mironov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinga murojaat qilib, ish beruvchilarni mehnat migrantlariga Rossiya fuqarolarinikidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi belgilash majburiyatini yuklashni taklif etdi.
 
Ushbu me’yor buzilgan taqdirda, Mironov ish beruvchilarni jarimaga tortishni taklif qilmoqda.
 
Bundan tashqari, u migrantlar mehnatidan foydalanayotgan ish beruvchilar uchun qo‘shimcha soliqni joriy qilish, undan tushgan mablag‘larni ko‘p bolali oilalarga berishni so‘ragan. Uning ta’kidlashicha, ish beruvchi har oy «o‘zi yollagan mehnat migrantlari daromadining 2 foizini soliq sifatida to‘lashi» kerak.
 
Mironov qo‘shimcha soliq joriy etilganda «iqtisodiyotning yashirin sektorini rivojlantirish xavfi borligini» ta’kidladi, shu sababli muqobil variantni ko‘rib chiqishni taklif qildi: migrantlarning vataniga yuboriladigan mablag‘lariga 1 foizlik davlat komissiyasini joriy etish. Uning so‘zlariga ko‘ra, «mehnat migrantlari boshqa davlatlarga pul yuborish orqali Rossiya iqtisodiy salohiyatining zaiflashishiga hissa qo‘shmoqda».
 
Mironov, shuningdek, chet ellik ishchilar uchun sug‘urta badallarini to‘lamagan ish beruvchilarga jarima miqdorini to‘lanmagan badallarning 20 foizidan 100 foizigacha oshirishni taklif qildi.
 
Mironov ushbu takliflarning amalga oshirilishi demografik pasayish va mehnat migratsiyasining o‘sishi muammosini hal qilishini ta’kidladi. Mironovning fikricha, migratsiya oqimining oshishi halokatli oqibatlarga olib keladi.
 
«Migratsiya oqimining yanada ko‘payishi va Rossiya aholisining yanada qisqarishi rus xalqi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi, u vaqt o‘tishi bilan o‘z maqomini yo‘qotish xavfi bor», dedi Mironov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlar va mahalliy ishchilarning maoshini tenglashtirish taklif etildi