Rossiya Dneprdagi shifoxonaga raketa hujumi uyushtirdi

Rossiya Dneprdagi shifoxonaga raketa hujumi uyushtirdi
Rossiya Dneprdagi shifoxonaga raketa hujumi uyushtirdi
Bugun, 26 may kuni Rossiya armiyasi Dneprni o‘qqa tutish vaqtida tibbiyot muassasasi binosiga raketa hujumi uyushtirdi.
 
Dnepropetrovsk viloyati rahbari Sergey Lisakning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, kamida 15 kishi jarohat olgan.
 
«Xujum oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Barcha kerakli xizmatlar jalb qilindi», — deya yozma bayonot bergan Vladimir Zelenskiy.
 
Raketa hujumi natijasida 2 ta bino yonib ketgan. Yong‘in maydoni 500 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar