Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev amerikalik tadbirkor Ilon Maskning o‘rnida bo‘lganida, AQSH konstitutsiyasini o‘zgartirish haqida o‘ylashini aytdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Medvedev Vetnamga tashrifi chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda “Mask kutilmaganda bizning yigit bo‘lib chiqdi”, dedi.
Maskning AQSH prezidentligiga nomzodini ko‘rsatish imkoniyatini baholashni so‘rab, Medvedev buning uchun AQSH konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish kerakligini ta’kidladi.
"U qila olmaydi, uning "g‘ayritabiiy kelib chiqishi" bor. Ammo men uning o‘rnida bo‘lsam, konstitutsiyani o‘zgartirish kampaniyasini boshlash haqida o‘ylagan bo‘lardim”, — dedi Medvedev.
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "SpaceX, Tesla" va "Twitter" kompaniyalari rahbari Ilon Mask 1971 yil 28 iyunda Janubiy Afrika poytaxti - Pretoriyada tug‘ilgan.
AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Donald Tramp 2022 yil noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishishini e’lon qildi. Amaldagi davlat rahbari Jo Bayden ham aprel oyida "boshlagan ishini yakunlash" uchun ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi