13:03 / 27.05.2023
896

Poroshenko Ukrainadagi urushga barham berishning uchta ssenariysini aytdi

Poroshenko Ukrainadagi urushga barham berishning uchta ssenariysini aytdi
Ukraina “urushda g‘alaba qozonib, tinchlikni boy bermaslik” kayfiyatida. Mamlakat kelgusida NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi ssenariysiga ishonadi, bu esa harbiy harakatlardan keyin demokratik rivojlanish, islohotlar, sarmoya kiritish va davlatni tiklashni anglatadi. Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyev xavfsizlik forumida shunday fikrlarni bildirdi.
 
Ikkinchi ssenariy Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni nazarda tutadi, ammo “u holda nima qilinmasin Budapesht memorandumining nusxasi bo‘lib qolaveradi”. Bunday ssenariyda Ukraina, eng yaxshi holatda, jangovar harakatlarni davom ettirish uchun qurol oladi, deydi siyosatchi. U bunday ssenariyni Isroil bilan qiyosladi.
 
Ammo bu hech qachon tugamaydigan urush degani va ukrainaliklar buning og‘ir badalini to‘laydi. Farqimiz — Isroil G‘azo bilan urushmoqda, biz esa dunyodagi ikkinchi yirik yadroviy davlat bilan urushyapmiz”, — deb tushuntirdi Poroshenko. “Xarajat va qurbonlik boshqacha bo‘ladi. Shu sababli, hech qanday xavfsizlik kafolatlarini Ukraina tomonda bo‘lgan ssenariy deb hisoblay olmaymiz”.
 
Uchinchi variant ham bor, deb davom etdi u. Voqealarning uchinchi ssenariy asosida rivojlanishi bilan Ukraina hech bir alyansga a’zo bo‘lmagan Afg‘onistonga o‘xshab qoladi, unda G‘arb qurollari bo‘lmagan, xavfsizlik kafolatlarisiz diktatura yuzaga keladi.
 
Avvalroq Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimiz Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari to‘liq olib chiqilgandan keyingina urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Ukrainadagi urushga barham berishning uchta ssenariysini aytdi
ePN