16:28 / 30.05.2023
406

Yaponiya bosh vaziri “nomaqbul suratlar” sabab o‘g‘lini lavozimidan ozod qildi

Yaponiya bosh vaziri “nomaqbul suratlar” sabab o‘g‘lini lavozimidan ozod qildi
Foto: Getty Images
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning to‘ng‘ich o‘g‘li 2022 yil oxirida bosh vazirning rasmiy qarorgohidan shaxsiy ziyofat uchun foydalangan. Internetda tarqalgan fotosuratlar jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Shotaro Kisida siyosat bo‘yicha ijrochi kotib lavozimidan ozod etiladi, deb xabar bermoqda The Guardian.
 
Suratlarda Kisidaning o‘g‘li qarindoshlari bilan Yaponiya uchun ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan qarorgohning qizil gilamli zinapoyasida turganini ko‘rish mumkin. Ular odatda Vazirlar Mahkamasining yangi tayinlangan a’zolari guruh bo‘lib tushadigan suratlarga taqlid qilishgan. Shotaro Kisida markazda turgan — bu joy bosh vazir uchun ajratiladi.
 
2022 yil 30 dekabrdagi tadbirdan olingan boshqa suratlarda mehmonlar go‘yo matbuot anjumani o‘tkazayotgandek shohsupada turgan.
 
Uning xatti-harakatlari noo‘rin bo‘lgan, men uni ishdan bo‘shatishga qaror qildim”, — deydi Fumio Kisida o‘g‘li haqida.
 
Qariyb 100 yillik tarixga ega rasmiy qarorgoh avvallari bosh vazirning idorasi bo‘lib xizmat qilgan, 2005 yilda yangi idora qurilgach, u turar joyga aylangan.
 
Shotaro Kisida o‘z mansab mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalangani uchun ilgari ham jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. U Buyuk Britaniya va Parijning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun elchixona mashinalaridan foydalangani, shuningdek, otasi bilan safarlarga chiqqanida Londondagi qimmat univermagdan Vazirlar Mahkamasi a’zolariga esdalik sovg‘alari xarid qilgani uchun tanbeh olgan.
 
Kisida o‘z o‘g‘lini bosh vazirning siyosiy kotibi lavozimiga oktyabr oyida tayinlagan edi. Bu tayinlov uni merosxo‘r sifatida tayyorlashga qadam sifatida baholandi va tanqid qilindi. Shotaro avval otasining shaxsiy kotibi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya bosh vaziri “nomaqbul suratlar” sabab o‘g‘lini lavozimidan ozod qildi
ePN