Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)

Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)
Foto: Live India

Hindiston shimolida avtobus daraga qulashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 55 kishi yaralandi. Bu haqda ANI nashri xabar berdi.

Avtobus Amritsar shahridan Katraga ziyoratchilarni olib ketayotgani edi. Baxtsiz hodisa manzildan taxminan 15 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda kamida 65 kishi bo‘lgan, bu belgilangan sig‘imdan ortiq edi.

Yo‘lovchilar soni ruxsat etilgan yuklamadan oshib ketgan, bu fakt tergov davomida tekshiriladi”, — deya politsiya vakili so‘zlaridan iqtibos keltirdi agentlik.

Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)
Foto: AP Photo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)
Foto: ANI
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar