22:56 / 30.05.2023
525

Ramzan Qodirov: “Moskvaga dronlar bilan hujum qilishdan ma’no yo‘q”

Ramzan Qodirov: “Moskvaga dronlar bilan hujum qilishdan ma’no yo‘q”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, bugun, 30 may kuni ertalab Moskvaga dronlardan qilingan hujum hech qanday ma’noga ega emas va harbiy harakatlar borishiga ta’sir qilmaydi.
 
Uning fikricha, bunday hujumlar “yerdagi” yirik mag‘lubiyatlardan so‘ng e’tiborni jalb qilish va “axborot nuqtalari”ni egallashga qaratilgan.
 
Moskvaga dronlar hujumi taktik, strategik va hatto psixologik ma’noga ega emas. Harbiy ishlarda o‘qitilganlar buni tushunishadi. Urush butunlay boshqa joyda davom etmoqda”, — deb yozdi Ramzan Qodirov Telegram'dagi kanalida.
 
Checheniston rahbarining aytishicha, Ukraina rahbariyati terrorchilik usullaridan foydalangan holda qaror qabul qiladi. "Menimcha,  Rossiyada harbiy holat e’lon qilish juda zarur, buning uchun mo‘ljallangan barcha jangovar resurslardan foydalanib, "Ukraina harbiylari" degan so‘zlarni ishlatmasdan, bir vaqtning o‘zida butun terroristik hujayrani yo‘q qilish kerak”, — deydi Qodirov.
 
Ramzan Qodirov Telegram'dagi postini yakunlar ekan, tez orada maxsus harbiy operatsiya zonasida “to‘liq ma’noda qasos nima ekanligi” aniq bo‘lishini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: “Moskvaga dronlar bilan hujum qilishdan ma’no yo‘q”
ePN