12:30 / 01.06.2023
212

Indoneziyada giyohvand moddalar savdosida gumonlangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Indoneziyada giyohvand moddalar savdosida gumonlangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi
Foto: Kompas 
Bali politsiyasi xalqaro giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tarmog‘ini fosh etib, bir necha Rossiya va O‘zbekiston fuqarolarini hibsga oldi. Bu haqda Indoneziyaning Kompas portali xabar berdi.
 
Qo‘lga olingan yetti nafar shaxsning bir nafari Indoneziya fuqarosi bo‘lgan, qolganlari xorij davlatlarining fuqarolaridir. Tampaksiring tumanida ijaraga olingan uyda ushlangan ikki nafar rossiyalikning yonidan 12,04 gramm gashish va 127,59 gramm marixuana topilgan.
 
Qayd etilishicha, barchasi “Azamat” ismli O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar indoneziyalikning Kutedagi mehmonxona avtoturargohida qo‘lga olinishidan boshlangan. Shundan so‘ng, yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlangan.
 
25 may kuni esa Bali politsiyaning giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi “Hamidov” nomi bilan tanilgan Rossiya fuqarosi K.M.ni Kerobokan tumanida qo‘lga olgan. Uning yonidan 39,34 gramm marixuana, 129,26 gramm gashish va 60,88 gramm kokain topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada giyohvand moddalar savdosida gumonlangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi
ePN