00:23 / 02.06.2023
574

Xitoylik olimlar 10 ming metrli quduqni burg‘ilashni boshladi

Xitoylik olimlar 10 ming metrli quduqni burg‘ilashni boshladi
Foto: Xinhua

Xitoyning neftga boy Shinjon hududida 30 may kuni mamlakat tarixidagi eng chuqur quduqni burg‘ilash ishlari boshlandi, deb xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.

Nozik val yerga 10 ming metrdan ortiq chuqurlikka kiradi va 10 dan ortiq kontinental qatlamlardan o‘tadi.

Olimlar yoshi taxminan 145 million yil bo‘lgan bo‘r tizimidagi jinslarga yetib borishga umid qilmoqda.

«Burg‘ilashning murakkablik darajasini katta yuk mashinasining ikkita yupqa po‘lat kabelda harakatlanishi bilan taqqoslash mumkin», dedi Xitoy muhandislik akademiyasi olimi Sun Jinsheng.

Jarayonga rahbarlik qilayotgan China National Petroleum Corp. ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha Yerning ichki tuzilishiga oid ma’lumotlarni taqdim etadi, shuningdek, chuqur yer osti burg‘ilash texnologiyalarini sinovdan o‘tkazadi. Burg‘ilash jarayoni 457 kun davom etishi kutilmoqda.

Bo‘r tizimi qatlamlarini o‘rganish mineral va energiya resurslarini aniqlashga, shuningdek, zilzilalar va vulqon otilishi kabi ekologik ofatlar xavfini baholashga yordam beradi.

Yerdagi eng chuqur sun’iy quduq hamon Rossiyaning Murmansk shahri yaqinidagi «Kolskaya sverxglubokaya» qudug‘i bo‘lib, chuqurligi 12 262 metrni tashkil qiladi. Uning yuqori qismining diametri atigi 92 sm, pastki qismi esa 21,5 sm. 1991 yilda sodir bo‘lgan qator avariyalardan so‘ng quduqda burg‘ilash ishlari to‘xtatib qo‘yilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik olimlar 10 ming metrli quduqni burg‘ilashni boshladi
ePN