13:16 / 03.06.2023
192

Pentagon rahbari: “G‘arb NATOning Osiyo versiyasini yaratishga intilmayapti”

Pentagon rahbari: “G‘arb NATOning Osiyo versiyasini yaratishga intilmayapti”
Foto: Reuters
AQSH Osiyo-Tinch okeani mintaqasida NATOga o‘xshash xavfsizlik tuzilmasini yaratishga urinmayapti. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Singapurda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik bo‘yicha “Shangri-La Dialogi” konferensiyasida ma’lum qildi.
 
Konferensiyasida Pentagon rahbaridan AQSH Yevropadagi ittifoqchilaridan qanday harbiy qadamlar kutayotgani haqida so‘raldi.
 
“Birinchi navbatda shuni aytmoqchimanki, biz Hindiston va Tinch okeani mintaqalarida yangi NATOni yaratishga intilmayapmiz”, — deb javob berdi Ostin.
 
Vazir, shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozidagi mojaro halokatli bo‘lishini ta’kidladi va to‘qnashuvni muqarrar deb hisoblamasligini aytdi. Ostinning so‘zlariga ko‘ra, AQSH mintaqada tinchlikni saqlashga intilmoqda, shunday pozitsiyadagi boshqa davlatlar soni ham oshib bormoqda.
 
Vashington yangi Sovuq urushga intilmayapti, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi raqobat esa “hech qachon mojaroga aylanmasligi kerak”, deb tushuntirdi Lloyd Ostin.
 
Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb biladi, orol hukumati esa mustaqillikni talab qilmoqda. Pekin Tayvanning ajralib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harbiy kuchdan foydalanishga tayyorligini bir necha bor bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon rahbari: “G‘arb NATOning Osiyo versiyasini yaratishga intilmayapti”
ePN