15:13 / 03.06.2023
241

Indoneziya Ukrainadagi urushni tugatish uchun 4 bandlik tinchlik rejasini taklif qildi

Indoneziya Ukrainadagi urushni tugatish uchun 4 bandlik tinchlik rejasini taklif qildi
Foto: AP Photo
Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Rossiya—Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini taklif qildi. Unda to‘qnashuv chizig‘ida qurolsizlantirilgan hudud yaratish va u yerga Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish kabilar taklif qilingan. Singapurda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik anjumanida Subianto shunday tashabbus bilan chiqdi, deb yozadi “TASS”.
 
Indoneziyaning tinchlik rejasi quyidagi bandlardan iborat:
  • har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatishi;
  • to‘qnashuv chizig‘ida qurolsizlantirilgan zona yaratish uchun qo‘shinlarni hozirgi pozitsiyalaridan 15 kilometr orqaga olib ketish;
  • qurolsizlantirilgan zonada xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish;
  • “Bahsli hududlarda aholining istagini obyektiv tasdiqlash uchun” BMT tomonidan referendum tashkil etish.
Subianto “bahsli hududlar” deganda qayerni nazarda tutganini tushuntirmadi. U Indoneziya ushbu jarayonlarning barchasida ishtirok etishga tayyor, deb ta’kidladi.
 
Vazir sanab o‘tilgan chora-tadbirlar “tarix davomida o‘z samarasini ko‘rsatgan”ini qayd etdi. U Koreya yarimorolini misol qilib keltirdi. “To‘g‘ri, Koreyadagi mojaro hali ham doimiy yechimga muhtoj. Biroq 50 yildan beri hech bo‘lmaganda qandaydir darajada tinchlik bor, bu ommaviy vayronagarchilik va begunoh odamlarning o‘ldirilishidan ko‘ra yaxshiroq”, — deydi Subianto.
 
Indoneziya Mudofaa vazirligi rahbari “aybni bir tomonga yuklamaslikka” chaqirdi. “Mojaroda har doim ikkita tomon bo‘ladi. Ularning har biri o‘zining haq ekaniga ishonadi”, — dedi u.
 
Subianto, shuningdek, forum ishtirokchilariga Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi deklaratsiya qabul qilishni taklif qildi.
 
Rossiyaning Ukrainaga bosqini urushi paytida bir nechta davlatlar, jumladan, Xitoy, Vatikan, Afrikadavlatlari, Braziliya va boshqalar o‘z tinchlik rejalarini ilgari surilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarni boshlash uchun rus qo‘shinlari Ukrainaning 1991 yilgi chegarasidan tashqariga olib chiqilishini talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya Ukrainadagi urushni tugatish uchun 4 bandlik tinchlik rejasini taklif qildi
ePN