06:00 / 06.06.2023
262

WP: NATO Rossiya bilan urush ehtimoliga strategiya tuzmoqda

WP: NATO Rossiya bilan urush ehtimoliga strategiya tuzmoqda
Foto: The National Interest
NATO Sovuq urushdan beri “eng katta kapital ta’mirlash” bilan shug‘ullanmoqda. Alyans zaxiradagi qo‘shinlarni chegaradosh mamlakatlarga tezroq joylashtirishga tayyorlamoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
 
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi ortidan NATO yana to‘rtta davlatda: Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va Slovakiyada jangovar guruhlar tashkil etish orqali o‘zining sharqiy qanotini qisman mustahkamladi. NATO matbuot kotibi Oana Lunjeskuning so‘zlariga ko‘ra, hozirda sakkizta jangovar guruhda 10 mingga yaqin askar joylashtirilgan, ularning avvalgi soni 5 mingni tashkil qilgan.
 
Shuningdek, alyansning sharqiy qismiga yana o‘nlab kemalar va yuzlab samolyotlar jo‘natilgan. Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Rossiyaga NATO bostirib kirishga tayyor ekani haqida juda aniq signal berish kerakligini aytgan.
 
AQSH armiyasining iste’fodagi general-leytenanti Ben Xodjsning aytishicha, vaziyat avvalgidan yaxshilangan bo‘lsa-da, qo‘shinlarning safarbarligi katta muammo bo‘lib qolmoqda.
 
Litvada jangovar guruhga boshchilik qilayotgan Germaniya u yerda doimiy brigada tashkil etilishiga qarshi. Berlin nemis bazalarida zahira kuchlarini saqlash maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.
 
Litva rasmiylari Rossiyaga yaqinligi sababli e’tiroz bildirmoqda, chunki ittifoqchi qo‘shinlar o‘z vaqtida yetib kelmasa, bu mamlakatni NATOning boshqa askarlaridan uzib qo‘yishi mumkin. Tez mustahkamlanish rejasi esa ishlab chiqish jarayonida.
 
Jurnalistlarning fikricha, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari Rossiyadan kelayotgan tahdidni real va ekzistensial deb hisoblaydi.
 
“Menimcha, Rossiya NATO bilan to‘qnashuv yoki urush yo‘lida”, — deydi Chexiya Bosh shtab boshlig‘i, general Karel Rexka.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya bilan jang qilmoqchi emas.
 
“Ammo bu sodir bo‘lmasligini anglatmaydi. Ko‘p urushlar bo‘lganki, ularni hech kim rejalashtirmagan”, — deya xulosa qildi general.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » WP: NATO Rossiya bilan urush ehtimoliga strategiya tuzmoqda
ePN