Illustrativ foto: LRT
Turkmanistonda elektron sigaretalarni sotish taqiqlandi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Turkmennews xabar berdi.
Rasmiylar vaziyatni “qo‘lga olishdan” oldin, mamlakatda elektron sigaretalarga taqiq qo‘yilishiga qaramay undan foydalanish ko‘paygandi. So‘nggi paytlarda bir martalik elektron sigaretalar, qayta ishlatiladigan veyp qurilmalari, ular uchun ehtiyot qismlar, suyuqliklarni sotib olish imkonsiz bo‘lib qoldi.
Rasmiy ravishda hech qanday qonunlar chiqarilmagan, tovarlar sinxron ravishda sotuvdan g‘oyib bo‘lgan. Sotuvchilar og‘zaki ravishda xaridorlarga taqiq qo‘yilganini aytmoqda.
Ilgari Turkmanistonda elektron sigaretalarni sotib olish juda oson bo‘lgan, ular onlayn va oflayn rejimda sotilgan. Xususan, butun Ashxoboddagi, masalan, “100 favvora” hududidagi tungi do‘konlar mahsulotni sotishda mashhur joyga aylangandi. Bu muassasalar prezident oilasining qarindoshlariga tegishli bo‘lgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, hozir ham ushbu do‘konlarning ba’zilarida hali ham xaridni amalga oshirsa bo‘ladi.
Turkmanistonda rasmiylar uzoq vaqtdan beri tamakidan butunlay xoli davlat maqomiga erishishni maqsad qilgan. Sigaretalar doimiy ravishda yetishmaydi va juda qimmat. 2020 yilda ayollarga sigaret sotish rad etilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 2022 yil oxirida qonunchilikka rasman o‘zgartirishlar kiritilib, sigaret sotib olishning minimal yoshi 18 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarildi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Chexiya prezidenti: "Urush oqibatida Ukraina hududlarini yo‘qotadi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda