08:08 / 06.06.2023
209

Blinken: AQSH Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

Blinken: AQSH Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash Vashington uchun juda muhim ekanini aytdi va Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligiga va’da berdi.
 
«Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga yordam berishdan milliy xavfsizlik manfaatiga ega. Biz uni qo‘llab-quvvatlashda ajralmas rol o‘ynashimiz mumkinligiga ishonamiz», dedi Blinken Amerika Isroil jamoatchilik bilan aloqalar qo‘mitasiga (AIPAC).
 
Ar-Riyod va Jidda shahridagi muzokaralar uchun jo‘nab ketishidan bir necha soat oldin so‘zlagan Blinken prezident Jo Bayden ma’muriyati sobiq prezident Donald Tramp tomonidan arab davlatlarini yahudiy davlati bilan rasmiy munosabatlarga kirishishga ko‘ndirish tashabbusi bo‘lgan «Ibrohim kelishuvi»ga sodiq ekanini aytdi.
 
Ammo hozirgacha Ar-Riyoz munosabatlarni rivojlantirishdan tiyilmoqda, garchi Isroilga tijoriy reyslarini ochgan va Isroil bilan aloqalarni ko‘paytirgan bo‘lsa-da.
 
Bundan tashqari, Blinken Vashingtonning Eronga yadroviy qurol yaratishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi va’dasini yana bir bor tasdiqladi.
 
«AQSH-Isroil munosabatlari Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga sodiqligiga asoslanadi. Bu majburiyatni shubha ostiga olib bo‘lmaydi - bu temirdek mustahkam», dedi u.
 
«Agar Eron diplomatiya yo‘lidan voz kechsa, prezident Bayden ko‘p marotaba aniq ta’kidlaganidek, Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’minlash uchun barcha variantlar ko‘rib chiqiladi», deb yakunladi Blinken.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Blinken: AQSH Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
ePN