11:00 / 07.06.2023
187

Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda

Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda
Aleksandr Vuchich
Foto: Global Look Press
Serbiyadagi muxolifat norozilik namoyishlari ortida Britaniya razvedka xizmatlari turibdi, ularning maqsadi prezident Aleksandr Vuchichni lavozimidan chetlashtirish. Bu haqda Serb Respublikasi prezidenti (Bosniya va Gersegovina davlatining bir qismi) Milorad Dodik bayonot berdi.
 
“Namoyishlar ularning maqsadi nima ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi: ko‘cha harakatlari bilan Aleksandr Vuchichni ag‘darish uchun tragediyalar va yoshlarning ommaviy qirg‘inidan foydalanishmoqda”, — dedi Dodik. U may oyi boshida Serbiya maktablarida 17 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy otishma voqealarini eslatdi.
 
Dodikning so‘zlariga ko‘ra, Serbiyada ham, Serb Respublikasida ham “bir xil murabbiylar” — Britaniya razvedka zobitlari bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgradda “xorijiy razvedka epitsentri” yo‘q qilinmaguncha, “fojialar” to‘xtamaydi.
 
Dodik bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmadi. Mart oyida u AQSH va Buyuk Britaniya elchixonalarini Bosniya va Gersegovinaning ichki ishlariga aralashishda ayblab, Serb Respublikasi ular bilan aloqalarni to‘xtatayotganini aytgandi.
 
Serbiyada may oyi boshidan buyon “Serbiya zo‘ravonlikka qarshi” shiori ostida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar, jumladan, Vuchichni iste’foga chiqarish, ichki ishlar vaziri va ta’lim vazirini ishdan bo‘shatish, ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni yumshatish, zo‘ravonlik va tajovuzni qo‘zg‘atuvchi dasturlarni taqiqlashni talab qilishdi.
 
Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar namoyishchilar talablarining bir qismini bajargan, jumladan, ta’lim vazirini ishdan bo‘shatgan. Biroq Serbiya prezidenti ichki ishlar vazirini ishdan bo‘shatish yoki mamlakatda o‘tish davri hukumatini tuzish imkoniyatini istisno qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda
ePN