18:22 / 07.06.2023
384

Zelenskiy: “Ukraina Rossiya hududida bosqinchilar bilan urushayotgani yo‘q”

Zelenskiy: “Ukraina Rossiya hududida bosqinchilar bilan urushayotgani yo‘q”
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik ko‘ngillilar bilan bog‘liq Belgorod viloyatidagi voqealar haqida gapirdi. Siyosatchi Ukrainaga begona hududlar kerak emasligini bildirdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
 
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya bilan urush boshlamagan, shuning uchun u o‘z hududida bosqinchilarga qarshi kurashmoqchi emas. Ukraina Qurolli kuchlari jangchilari o‘z yerlarini 1991 yilgi xalqaro tan olingan chegaralar holatiga qadar ozod qilishni davom ettiradi.
 
Ukraina Rossiya hududida urushayotgani yo‘q. Ukraina faqat o‘zining mustaqil hududida jang qilmoqda va faqat o‘z yerlarini deokkupatsiya qiladi. Shu bilan nuqta. Biz urush boshlaganimiz yo‘q, bizga ortiqcha narsa kerak emas, hech kimdan hech narsa olmoqchi emasmiz, lekin berishga tayyor emasmiz, shuning uchun kurashyapmiz. Agar o‘zimiznikidan voz kechishga tayyor bo‘lsak, jang qilmasdik”, — deydi u.
 
Shuningdek, Zelenskiy Ukraina sivilizatsiyalashgan davlat va NATOning bo‘lajak a’zosi ekanini, ya’ni u xorijiy davlatlarni tortib olmoqchi emasligini, chunki bu Kiyevga bo‘lgan munosabatga ta’sir qilishini ta’kidladi.
 
Agar biz Yevropa Ittifoqi va NATOda bo‘lishni istasak, shunga yarasha yo‘l tutishimiz kerak”, — ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Ukraina Rossiya hududida bosqinchilar bilan urushayotgani yo‘q”
ePN