20:27 / 07.06.2023
1 253

Putin ilk bor Kaxovka GES portlashiga munosabat bildirdi

Putin ilk bor Kaxovka GES portlashiga munosabat bildirdi
Foto: Shutterstock
Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqotda Kaxovka GES to‘g‘oni portlashiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
 
Putinning ta’kidlashicha, Kiyev hukumati o‘zlarining g‘arblik kuratorlari taklifi bilan “urushni avj oldirish, harbiy jinoyatlar sodir etish, terrorchilik usullarini ochiqdan ochiq qo‘llash, Rossiya hududida qo‘poruvchilik uyushtirishga pul tikmoqda”.
 
Buning yorqin misoli Xerson viloyatidagi Kaxovka GESni yo‘q qilish bo‘yicha vahshiy harakatlar bo‘lib, bu keng ko‘lamli ekologik va gumanitar falokatga olib keldi”, — degan Rossiya prezidenti.
 
Erdo‘g‘on rossiyalik va ukrainalik ekspertlar, BMT va xalqaro hamjamiyat, jumladan, Anqara ishtirokida Kaxovka GESning vayron bo‘lishini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishni taklif qilgan.
 
O‘z navbatida, Putin bilan muloqotdan oldin Turkiya prezidenti ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan ham suhbatlashgan. Prezidentlar Kaxovka GESning vayron bo‘lishini tekshirish bo‘yicha “xalqaro komissiya” tuzish g‘oyasini muhokama qilgan.
 
Kaxovka GES portlatilishi
 
6 iyun kuni Xerson viloyatining Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan qismida Kaxovka GESning to‘g‘oni portlatildi. Suv Dneprning quyi oqimiga nazoratsiz ravishda oqizilgan. Ukraina va Rossiya bir-birini GESni vayron qilishda aybladi. Suv toshqinlari xavfi ostida qolgan hududlardan aholi evakuatsiya qilinmoqda.
 
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, stansiyaning vayron bo‘lishi oqibatida 80 ga yaqin shahar va qishloqlar “suv ostida” qolgan, ularda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin kamida 100 ming kishi yashagan. Qrim va Zaporoje atom elektr stansiyasiga suv tanqisligi tahdid solayotgani aytilmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin ilk bor Kaxovka GES portlashiga munosabat bildirdi
ePN