21:38 / 08.06.2023
1 145

Zelenskiy bolalari qayerda ekanini ma’lum qildi

Zelenskiy bolalari qayerda ekanini ma’lum qildi
Foto: Bild
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida farzandlari va ularning qayerda ekanligi haqida gapirdi. 
 
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li Kirill va qizi Aleksandra xorijga ketishi mumkin edi, biroq farzandlari frontga ketayotgan boshqa odamlarga nisbatan bu adolatli qaror emas. Shuning uchun, u bolalari Ukrainada qolganini qayd etdi. Bundan tashqari prezident rafiqasi bilan farzandlarini xorijga jo‘natish bo‘yicha tasavvur bo‘lmaganini ta’kidladi.
 
“Farzandlarim Ukrainada, o‘g‘lim 10 yoshda, u ham Ukrainada. Chet elga ketishi mumkin edi, lekin u bunday qila olmaydi. Chunki men yoki rafiqamda kimdir bolasini jangga jo‘natgan bir paytda, bolalarimiz chet elda dengizda bo‘lishi haqida tasavvur yo‘q. Bu insofsizlik va adolatsizlik bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.
 
U o‘z farzandlarini juda yaxshi ko‘rishini va ular uchun qo‘rqishini qo‘shimcha qildi: “Biz bir-birimizsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz juda qiyin”.
 
Zelenskiy Ukrainada qoldi
 
Zelenskiy va Ukraina hukumati bosqin boshlanganidan beri poytaxtda qolmoqda, ular Rossiya qo‘shinlari Kiyev chekkasida joylashganida ham poytaxtda bo‘lgan. Bu ko‘pchilikni hayratda qoldiradi. Dastlab Putin, ehtimol, Vladimir Zelenskiy Ukrainaning g‘arbiy mintaqalariga yoki chet elga qochib ketishiga ishongan. Ukraina prezidentiga AQSH shunday taklif bergan.
 
Zelenskiy AQSHning evakuatsiya taklifi bo‘yicha Associated Press nashriga bergan javobi esa afsonaga aylandi. Ingliz tilidan tarjima qilinganda, u shunday yangraydi: “Menga taksi emas, o‘q-dorilar kerak”. Bu so‘zlarni Ukraina prezidenti ishlatganmi yoki yo‘qmi, hech qanday dalil yo‘q. Ammo qisqa bir ibora uning kayfiyatini aniq ifodalagan, chet elda ko‘plab hamdardliklarni keltirib chiqargan va mamlakat ruhiyatini oshirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy bolalari qayerda ekanini ma’lum qildi
ePN