01:35 / 09.06.2023
114

Shavkat Mirziyoyev Italiyada BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifning birinchi kunida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, Orolbo‘yining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 2030-yilga qadar hamkorlik bo‘yicha yangi keng ko‘lamli dasturni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev bosh direktorga shu yil iyul oyida bo‘lajak FAO rahbari saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shu bilan birinchi kunning tadbirlari yakunlandi. Davlat rahbari Milan shahriga jo‘nab ketdi. Ertaga u yerda tashrifning ishbilarmonlik dasturi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Italiyada BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga bordi
ePN