date

Putin "Lenfilm" kinostudiyasiga tashrifi vaqtida fortepianoda musiqa ijro etdi

Putin "Lenfilm" kinostudiyasiga tashrifi vaqtida fortepianoda musiqa ijro etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Lenfilm" kinostudiyasiga tashrif buyurib, uning direktori Eduard Pichugin, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy va rejissyor Fedor Bondarchuk bilan suhbatlashdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Kinostudiyadagi 18-asrga mansub pianino Putinning alohida e’tiborini o‘ziga tortdi. Musiqa asbobi biroz qarovsiz ahvolda bo‘lsa-da, Putin unda bastakor Tixon Xrennikovning "Moskovskie okna" (Moskva oynalari) musiqasini ijro qilib berdi.

Putin jamoatchilikni fortepianoda musiqa ijro etishi bilan birinchi bor hayratlantirmayapti. U bir marta xayriya konsertida Gollivud yulduzlari oldida royalda "S chego nachinaetsya Rodina" (Vatan nimadan boshlanadi) kompozisiyasini ijro etib bergandi.

Ikki yil avval esa Putin Milliy yadroviy tadqiqot universiteti talabalari xoriga jo‘r bo‘lib, "Moskovskie okna" musiqasini ijro etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Putin "Lenfilm" kinostudiyasiga tashrifi vaqtida fortepianoda musiqa ijro etdi