
Tankka qarshi mobil guruhlar Ukraina qo‘shinlari hujumlarini qaytarishga katta hissa qo‘shmoqda.
Ular yo‘llar yo‘q joyda ham tezkor harakatlanuvchi transport vositalariga ega bo‘lib, dushman zirhli texnikasiga yaqin joylarda ishlaydi. Nishonga yetarlicha yaqin masofaga kelib unga qo‘l granatomyotidan zarba beradi.
O‘rmondan chiqqan Ukraina zirhli transportyori Rossiya tezkor zarba beruvchi guruhini payqashga ulgurmadi. Mobil guruh o‘z ishini bajarib, tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Eng qiyin nishon - bu tanklar. Ularning old himoyasi odatda kuchli bo‘ladi, shu sababli guruh tanklarni yon tomniga zarba berishga harakat qiladi. Ushbu guruh allaqachon dushmanning 2ta tanki va 2ta BTRini yo‘q qilgan.
Janubiy Donetsk yo‘nalishida vazifalarni bajarayotgan yigitlar bo‘sh vaqtlarida o‘z transport vositalarini imkon qadar jang sharoitiga moslashtiradilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar