
Foto: Pixabay
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida ikki o‘zbekistonlik majburiy mehnat uchun noqonuniy ravishda tutqunlikda saqlangani aniqlandi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar uch yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan.
“10 iyun kuni Olmaota viloyati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor ma’lumotlar yordamida O‘zbekiston Respublikasining ikki fuqarosini mehnat ekspluatatsiyasi maqsadida noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish fakti aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha Qorasoy tumanida 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro A. 3 yil davomida jabrlanuvchilarni ushlab turgan”, — deyiladi xabarda.
Mazkur fakt Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 126-moddasi 3-qismi 2-bandi (noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish) bilan ro‘yxatga olingan. Gumonlanuvchi tergov izolatoriga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 22 nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing