22:31 / 10.06.2023
549

Zelenskiy qarshi hujum harakatlarini e’lon qildi

Zelenskiy qarshi hujum harakatlarini e’lon qildi
Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters
Jurnalistlar Zelenskiydan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir kun avval «Ukraina armiyasi hech qanday hududda o‘z maqsadlariga erisha olmagani» haqidagi bayonotiga izoh berishni so‘radi.
 
«Men har kuni turli yo‘nalishdagi qo‘mondonlarimiz bilan aloqadaman. Hozir hamma ijobiy kayfiyatda. Putinga shuni yetkazing», dedi Zelenskiy.
 
«Ukrainada qarshi hujum va mudofaa bo‘yicha tegishli harakatlar bo‘lib o‘tmoqda, qaysi bosqichda ekani haqidagi tafsilotlarga to‘xtalmayman. Natijalar tez orada seziladi. Men Telegram kanallari xabarlari va Putinga ishonmayman. O‘z qo‘shinlarimizga ishonishimiz kerak. Men ularga ishonaman», dedi Ukraina prezidenti.
 
9 iyun kuni prezident Vladimir Putin Ukraina qarshi hujumi allaqachon boshlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategik zaxiralardan foydalanish shundan dalolat beradi va besh kundan beri shiddatli janglar davom etmoqda. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, uch kunlik janglarda 71 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy qarshi hujum harakatlarini e’lon qildi
ePN