14:20 / 11.06.2023
455

Harom ichimlikning eng oz  iste’moli ham 60 ta kasallik xavfini oshiradi

Harom ichimlikning eng oz  iste’moli ham 60 ta kasallik xavfini oshiradi
Har qanday, hatto oz miqdordagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 60 ta kasallikni rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi - Oksford universiteti olimlari uzoq tadqiqotlardan so‘ng shunday xulosaga kelishdi.
 
Ma’lumki, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish jigar sirrozi va saraton kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi – hammasi bo‘lib 28 ga yaqin kasallik, deya xabar beradi The Daily Mail.
 
Biroq, Oksford olimlari spirtli ichimliklarni keltirib chiqaradigan kasalliklar ro‘yxatini 32 taga oshirdilar va ular orasida, masalan, podagra va katarakta, shuningdek, suyak mo‘rtlashishi, o‘pka, halqum va to‘g‘ri ichak saratoni, qon aylanishining buzilishi, to‘g‘ri ichak yaralari va boshqalar bor.
 
Ko‘pgina kasalliklar hatto spirtli ichimliklarni minimal iste’mol qilganda ham paydo bo‘ladi. Xitoydagi yarim million erkakning tibbiy ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida shunday xulosalar chiqarildi. Tadqiqotni o‘tkazish uchun Oksford olimlari Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlik qilishdi.
 
Tadqiqotda o‘rtacha yoshi 52 yoshda bo‘lgan 512 000 katta yoshli erkak ishtirok etdi. Ularning barchasi bilan spirtli ichimliklarni iste’mol qilishlari haqida batafsil so‘rov o‘tkazildi. So‘rovda qatnashgan erkaklarning uchdan bir qismi kamida haftasiga bir marta spirtli ichimliklarni iste’mol qilishini bildirgan, ayollarda esa bu nisbat faqat 2% ni tashkil qiladi.
 
Olimlar so‘nggi 12 yil davomida respondentlarning kasallik tarixini tahlil qilib, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning 207 ta kasallikning rivojlanishi bilan bog‘liqligini o‘rganishdi va uning 60 ta kasallik bilan bevosita bog‘liqligini aniqladilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harom ichimlikning eng oz  iste’moli ham 60 ta kasallik xavfini oshiradi
ePN